MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

10.07.2023

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini kuni kecha bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi.

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan hukumatlararo komissiyalarning yig‘ilishlari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’at bilan ortib bormoqda. Qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirishga qaratilgan muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va amaliy sheriklik loyihalarini ilgari surish muhimligini ta’kidladilar.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content