MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Prezident mahalla ahli bilan samimiy suhbat qurdi

27.07.2023

Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.

Bu yerda 2 ming 800 nafarga yaqin aholi yashaydi. Odamlar tomorqadan unumli foydalanadi. Ayollar tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ro‘zg‘orlarga baraka kiritgan.

O‘ndan ortiq savdo do‘konlari, mebelsozlik korxonasi, sartaroshxona, tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalarida aholi ish bilan band. Shuningdek, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaxshi sharoit bor. Mahallada oxirgi ikki yilda birorta jinoyat sodir etilmagan.

Davlatimiz rahbari shu yerlik Abdug‘affor Halilov xonadonida bo‘lib, mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.

– Bugun kelib, Farg‘onadagi rivojlanishni, mahallalardagi sharoitni ko‘rib xursand bo‘ldim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Islohotlarni har bir inson o‘z hayotida his qilishi uchun hamma ishlarni quyi tizimda tashkil etyapmiz. Farg‘ona viloyatida 1062 ta mahalla bor. Ulardagi muammolarni, muhtoj oilalarning talab-istaklarini joyida hal etib, odamlarni rozi qilish zarur. Barcha rahbarlar dunyoqarashini o‘zgartirib, xalqimizga munosib bo‘lib, mehnat qilishi kerak.

Samimiy suhbatda nuroniylar so‘nggi yillarda mahalla qiyofasi yaxshilangani, «Ochiq budjet» tashabbusi orqali ko‘chalar obod bo‘lganini aytdi. Xususan, 5 kilometr ichki yo‘lga asfalt yotqizilgan. Elektr tarmoqlari va transformator yangilangan.

Prezident suhbatda bildirilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlab, mahalla idorasini ta’mirlash, maktab uchun qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yoshlarni o‘qitish va hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhimligi haqida so‘z yuritildi.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content