MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

20.08.2023


Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘smoqda. Joriy yilning 1-iyulidan boshlab Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Qo‘shma korxonalar soni 2,5 mingdan oshdi.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalarini olqishladilar.

Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qo‘shma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content