MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

05.09.2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida yuqori darajali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Anvar Kakarning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ilgari qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq o‘zaro savdoning yuqori o‘sish sur’atini davom ettirish, infratuzilmaviy loyihalarni tezlashtirish hamda ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi.

“Termiz – Mozori-Sharif – Peshovar” temir yo‘lini barpo etish loyihasini ilgari surish maqsadida amaliy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content