MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

08.09.2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdog‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content