MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

19.09.2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “CNH” kompaniyasi vitse-prezidenti Stiv Naderni bilan uchrashdi.

Aktivlari qiymati qariyb 50 milliаrd dollar bo‘lgan “CNH” transmilliy kompaniyasi qishloq xo‘jaligi mashinasozligida O‘zbekistonning strategik hamkoridir. Mashhur “Case” va “New Holland” brendlari ostida yo‘l qurish va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaradi.

Vitse-prezident Stiv Naderni kompaniyaning tarmoqdagi bir qator sanoat korxonalarini xususiylashtirish va modernizatsiya qilish, kombayn va paxta yig‘ish mashinalarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shu jumladan yuqori quvvatli traktorlar ishlab chiqarish hamda lizing tuzilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy resurslar ajratish rejalarini bayon qildi.

Prezidentimiz kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content