MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston va AQSH yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

September 20, 2023


19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

AQSHning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga to‘xtalib o‘tildi.

Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifidan oldin o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini ta’minlashning boshqa yo‘nalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content