MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti bilan uchrashuvida ishtirok etdi

September 29, 2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida 29-sentabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Uchrashuvda konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni, shu jumladan Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida ta’minlashning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari o‘z so‘zida “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtaldi. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Yoshlarimizda nemis tiliga qiziqish ortib borayotgani ta’kidlandi – bugungi kunda yurtimizda uni qariyb 300 ming nafar maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rganmoqda.

Suhbatda Germaniya Federal Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini Berlin shahridagi dunyoga mashhur Jeyms Simon galereyasida noyob madaniy-tarixiy ko‘rgazma muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Bir necha oy ichida ko‘rgazmaga 200 ming nafar berlinliklar va Germaniya poytaxti mehmonlari tashrif buyurdi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content