MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini muhokama qildilar

September 29, 2023


29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo innovatsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, transport va logistika, ta’lim va madaniyat sohalarida rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil may oyida Germaniyaga amaliy tashrif davomida o‘tkazilgan sermahsul muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, jumladan, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content