MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Pekinga keldi

October 17, 2023


Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi.

“Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida 17-18-oktabr kunlari davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content