MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti «State Grid» yirik energetika xoldingi raisi bilan uchrashdi

October 18, 2023


Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda “State Grid” kompaniyasi raisi Sin Baoanni qabul qildi.

Xitoyning elektr tarmoqlari korporatsiyasi ushbu sohadagi global yetakchi bo‘lib, Fortune Global 500 reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Kompaniya elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish borasida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda   katta tajribaga ega. Aktivlari qiymati 800 milliard dollar atrofida.

Ushbu kompaniya ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish va infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, bunda ilg‘or injiniring yechimlari va yuksak texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz energetika tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content