MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

November 24, 2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.

Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPЕKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Tizim va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Transport va logistika sohasida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdilar. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content