MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

November 29, 2023


29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7-oktabr kunlaridagi Rossiya Federatsiyasiga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdilar.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sog‘liqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishladilar.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content