MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti cho‘llanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

December 1, 2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘tgan oyda Samarqand shahrida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari delegatsiyalari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan BMTning Cho‘llanish bo‘yicha konvensiyasini amalga oshirish qo‘mitasining 21-sessiyasi sermahsul bo‘lgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

2024-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lajak konferensiya davomida Chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish masalasini birgalikda ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi universiteti negizida ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content