MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Aholi osoyishtaligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

December 12, 2023


Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi.

Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi. Unga  ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan. Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7 ming 300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.

Bu jamoat xavfsizligiga mas’ul kuch va vositalarni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Jumladan, ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi va vaziyatga qarab yo‘naltiriladi. Natijada hodisa joyiga 3-5 daqiqada yetib boriladi.

Bular “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” maqsadlarini ta’minlash, huquqbuzarliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, o‘tgan davrda poytaxtda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.

Yagona tezkor boshqaruv markazida “Е-manzil”, “Shakl-1”, “Е-mehmon”, “Kadastr” dasturlaridan ma’lumot olish ham yo‘lga qo‘yilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qigan yoshlar tomonidan “Qalqon” nomli tizim yaratilgan.

Bularning barchasi xalqimiz osoyishtaligiga mas’ul idoralarning samarali hamkorligini ta’minlab, ma’lumotlarni yaxlit dasturda qayta ishlash, tezkor vaziyat va kriminogen holatlarni avtomatik tahlil qilish, muammolarni baholash orqali to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini berayotir.

Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu tizimdan foydalanib, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishini ham raqamlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini va tezkorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content