MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

December 15, 2023


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Qatar Davlati Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlatimiz rahbariga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda, yirik qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Bo‘lajak muhim xalqaro tadbir – Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun” global mukofotini topshirish marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content