MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

February 8, 2024


Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu jumladan:

– 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;

– Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;

– Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– 2024-2025-yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;

– 2024-2026-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;

– O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2025-yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.


MCHJ

Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi

  • Aloqa uchun

    Qabulxona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61-uy
    Skip to content