Chop etish uchun
Temir yoʼl mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” DUK muvofiqlikni tasdiqlash xujjatlarini xalqaro darajada tan olinishiga zamin yaratildi
2020-06-30 17:03:18
2020 yilning 16 iyun kuni boʼlib oʼtgan Temir yoʼl kengashiga aʼzo Xamdoʼstlik davlatlarining 72-sonli yigʼilishi bayonnomasiga muvofiq, “Temir yoʼl mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” DUKning sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasi ushbu Kengash tomonidan tan olingan muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) organlari, sinov laboratoriyalari hamda sinov markazlari reestiriga kiritildi.
Reestr bilan quyidagi xavola orqali tanishishingiz mumkin:
Bugungi kunda ushbu reestrga Kengash tomonidan akkreditatsiyadan oʼtkazilgan 10 ta sertifikatlashtirish idorasi va 32 ta sinov laboratoriyalari reestirga kiritilgan.
Markazning sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasini yuqoridagi reestrga kiritilishi:
- markaz tomonidan taqdim etiladigan sinov bayonnomalarini oʼzaro tan olish uchun qulay shart-sharoitlar;
- reestrga kiritilgan akkreditatsiyadan oʼtkazilgan sinov laboratoriyalari bilan solishtirish sinovlarini amalga oshirish;
- mutaxassislarning malakasini oshirish va oʼzaro tajriba almashish;
- temir yoʼl mahsulotlarini putur yetkazmasdan tekshirish va sinovni oʼtkazishda malaka almashish;
- temir yoʼl mahsulotlarini sinash usullariga qoʼyilgan talablarni belgilovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish imkonini yaratadi.

Bo'lishish: