Chop etish uchun

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʼyicha yigʼilish oʼtkazdi.
Koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli toʼxtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar koʼrmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmogʼida joriy yil yakunigacha dunyo buyicha 113 milliard dollar yoʼqotilishi taxmin qilinmoqda.
Mamlakatimiz transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard soʼm zarar koʼrgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.
Shu bois, sohada pandemiyaning taʼsirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qator choralar koʼrilmoqda. Masalan, karantindan eng koʼp zarar koʼradigan “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari toʼlov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard soʼmlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamgʼarmasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablagʼ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.
Yigʼilishda yangicha sharoit va talablar asosida transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Transport vazirligiga “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyatlarini pandemiya taʼsiridan olib chiqish boʼyicha biznes modelь ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.
Yevropa-Xitoy yoʼnalishida yuk tashish bozoriga kirish orqali qoʼshimcha daromad olish, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallashtirish boʼyicha topshiriqlar berildi.
Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi koʼrib chiqildi.
Аeroportlarni modernizatsiya qilish, Аndijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish boʼyicha tender eʼlon qilinishi belgilandi.
Pandemiya davrida temir yoʼl orqali yuk tashishga talab keskin koʼpaygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yoʼlning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni koʼpaytirish uchun yaxshi imkoniyat.
Lekin, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning koʼpligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga toʼsqinlik qilmoqda.
Shu bois, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash boʼyicha topshiriqlar berildi.
Yigʼilishda avtotransportda xalqaro yuk tashuvchi korxonalarni qoʼllab-quvvatlash masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Soʼnggi uch yildagi islohotlar natijasida mamlakatimizda xalqaro yuk tashuvchi transportlar soni 3 baravar oshdi, yuklarni tashishda mahalliy korxonalarning tashqi savdodagi ulushi 37 foizdan 48 foizga yetdi.
Mahalliy tashuvchilarning qatnovlar sonini yanada oshirish, tashqi savdoda ularning ulushini 60 foizga yetkazish chora-tadbirlari belgilandi. Bitta yuk transporti besh nafargacha aholi bandligini taʼminlashi, bu tarmoqda 30 mingta yangi ish oʼrni yaratish mumkinligi taʼkidlandi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda ichki yoʼnalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan taʼminlash yuzasidan koʼrsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari ichki yoʼllar masalasiga alohida toʼxtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yoʼllarni rekonstruktsiya qilish, bu borada butun dunyoda qoʼllanib kelinayotgan “foydalanuvchi toʼlaydi” tizimini joriy etish zarurligi taʼkidlandi.
“Qamchiq” dovonida muqobil tunnelь qurilishini oʼz ichiga oluvchi “Toshkent-Аndijon” pullik avtomobilь yoʼli loyihasi boʼyicha tender eʼlon qilinishi belgilandi.
Mutasaddilar transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar boʼyicha hisobot berdi.
Transport tizimi barqarorligini taʼminlash boʼyicha koʼrsatmalar berildi
2020-05-26 13:16:10

Bo'lishish: