MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlandi

07.07.2025


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari 2-iyul kuni Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Yetakchilar Boku shahrida birgalikda «O‘zbekiston» bog‘iga asos soldilar va O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochdilar, «Sea Breeze» dam olish maskani faoliyati bilan tanishdilar.

3-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Xonkendi shahridagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishdi.

Bugun davlatimiz rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi va qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida Prezidentimizni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

  • Kontaktlar

    Qabul xona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61 uy