Tashkilot haqida

“Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil                           27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq, yagona, 100% ulushli ta’sischi bo`lgan – O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 2020 yil 5 noyabrdagi 143к-ПО-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
“Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati o`z faoliyatini Jamiyatning ustaviga, O`zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan va qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi Qonuniga hamda amaldagi boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
“Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyati – temir yo`llarda ishlatilayotgan lokomotivlar, harakatdagi sostavlar, texnikalar, uskunalar, materiallar, detallar, uzellar va boshqa turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinash, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar ustidan inspektsiya   nazoratini o`tkazishdan iboratdir.