MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

03.09.2025


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari 31-avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi 1-sentabr kuni SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda qatnashib, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

2-sentyabr kuni Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Shuningdek, Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Davlatimiz rahbari Xitoy Bosh vaziri Li Syan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti 3-sentyabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qo‘ydi.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

  • Kontaktlar

    Qabul xona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61 uy