info@ccrp.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Aripov Uktam – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim
G‘afurov Vali – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib
Jalolov To‘xtasin – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon
Kabulov Vasil Kabulovich – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim
Qosimov Begali – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim
Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Radjapov Murad Yadgarovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim
Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim
Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Akilova Viloyat Isaxarovna – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster
Axmedova Rimma Ashurovna – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi
Vaxobov Ismoil – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Madaliyev Oxunjon Nusratovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor
Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
«Do‘stlik» ordeni bilan
Yuldashev Baxadir – «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev