MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy tashrifini yakunladi

11.11.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari Antaliya shahrida BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etib, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi. Koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning birinchi kunida Oʻzbekiston Prezidenti Yashil iqlim jamgʻarmasi ijrochi direktori Mafalda Duerte, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Seleste Saulo, Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili hamda Saudiya Arabistoni energetika vaziri, sanoat va mineral resurslar vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Bugun esa Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar, Bangladesh Bosh vaziri Toriq Rahmon, BMTning Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Yasmin Fuad hamda BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga joʻnab ketdi. Antaliya xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari va rafiqasini Turkiyaning rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

  • Kontaktlar

    Qabul xona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61 uy