info@ccrp.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abduraximov Avaz Ergashboyevich – Yakkasaroy tumanidagi «64 BIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri
Ag‘zamov Hamidulla Atovullayevich – Zangiota tumanidagi «Toys Uz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Zoitbekov Yusufbek Qudratbek o‘g‘li – Zangiota tumanidagi «Lider Kabel Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Ibragimov Rashid Xasanovich – Toshkent tumanidagi «Online building project» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Karimbayev Xo‘rsandjon Dadajonovich – Zangiota tumanidagi «Farm Diyor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Musina Alfiya Raximovna – Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi
Raximbayev Aydin – Qozog‘iston Respublikasining «BI Group» xoldingi direktorlar kengashi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev