Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:

I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

Qodirov G‘ayrat Toirovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

“Mardlik” ordeni bilan

Qurbonov Dostonbek Zafarjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Ismoilov Abduvoxid Salomovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Tursunov Ikromjon Normurodovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Yusupov Sanjar Abdukarimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshlig‘i

“Do‘stlik” ordeni bilan

Axmedjanov Timur Fatixovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘lim boshlig‘i

Gordiyenko Oksana Mixaylovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori

Tashkulov Akbar Djurabayevich – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

Fazilov Botir Naimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshlig‘i

“Jasorat” medali bilan

Bo‘ronov Jasurbek Botir o‘g‘li – Surxondaryo viloyati “Ayritom” chegara bojxona posti katta inspektori

Davronov Lazizbek Raxmonovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz guruh komandiri-yo‘riqchi

Djalilov Rasul Abduganiyevich – Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi

Ismaylov Jenisbay Aminbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya mutaxassisi

Mirzaxmedov Akmal Nasridinovich (marhum) – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Ne’matov Jasur Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri

Siddikova Mohigul Maxmudovna – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi patrul-post xizmati inspektori

Yakubov Sobitjon Muminjon o‘g‘li – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abduraxmanov Xasanboy Alisherovich – Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i

Babayev Akmal Abdukarimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘quv markazi boshlig‘i

Baynova Yamilya Salimyanovna – Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi

Botirov Nodir Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati bo‘lim bosh serjanti yordamchisi

Ziyatov Asamiddin Xolmuminovich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Qoryog‘diyev Laziz Norqulovich – Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Mirzaraximov Shavkatjon Joldoshovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari

Muhammadiyev Sherali Safarovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

Nosirov Abduxalil Rustamovich – Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Sabirov Ajibay Maxametsaliyevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i

Sulaymanov Ulmas Nazarovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i

Tadjiyev Ibragim Isakovich  – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

Tleubayev Allayar Baxtiyarovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti

Usanov Otabek Eshqobulovich – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani prokurori

Xalilov Umar Muxammadovich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus boshqarmasi guruh yo‘riqchi-qutqaruvchisi

Shodiyev Erkin Samiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Ermatov Bunyodjon Sirochidinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi

Yuldashev Jonibek Zaripbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh yo‘riqchi-serjanti

“Sog‘lom turmush” medali bilan

Xudaynazarov Mansurbek Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitali boshlig‘i

“Shuhrat” medali bilan

Aliyev Mirazim Akmalovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i

Ataxanov Dastan Kadirbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi

Ashirmatova Barno Saataliyevna – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarmasi katta ofitseri

Mavlonov Mardon Abduxamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Mansurova Zulfiya Saidmurodovna – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi

Murzayev Rustam Kamilovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari

Murodov Zoir Zokirovich – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi G‘ijduvon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

Narjigitov O‘tkir Arzikulovich – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi

Nurjanov Ziyodbek Erkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri

Rustamov Sardorbek Axmatjonovich – Andijon viloyati Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Rustamov Tursunboy Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i

Suvanov Alisher Karimovich – Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi

Hazratqulov Zahriddin Sobirjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

Xaydarov Muzaffar Raxmonaliyevich – Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Xudayberdiyeva Roxila Axmadovna – Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich – Surxondaryo viloyati Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Posted on Leave a comment

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan

Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o‘g‘li – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

«Imom Buxoriy» ordeni bilan

Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dots.nti

Abdullayev Xayrulla Ibodullayevich – Xorazm viloyati bosh imom-xatibi

Alimov Mirzamaxsud Xatambekovich – Andijon viloyati bosh imom-xatibi

Sayfudinov Raxmatula Xabibulayevich – Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi

Yunusov Abduqaxxor Rixsibayevich – Toshkent shahar bosh imom-xatibi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

Mirxadiyev Karim Xusanovich – O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori

Rametova Saida Xodjiyevna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Sayidov Toxir Samandarovich – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

Baybosinov Sarsenbay Bazarbayevich – J.Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rangtasvir fani o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom

«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

Genjemuratov Baxtiyar Allambergenovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Narmatov Feruzbek Ruzimbayevich – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

Axmedova Zarina Axmedovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Navro‘z» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster

Berdiyev Ilxombek Yuldashevich – O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori

Pazildjanov Jaxongir Gayratovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Ruzmetov Otabek Avazmatovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi balet artisti

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Xodjayev Ablat – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

Sheraliyeva Tatyana Turgunovna – Farg‘ona viloyati innovatsion madaniyat markazi direktori

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Bo‘tayeva Farida Kuziyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoira

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

Ermatov Husan Tohirovich – «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Vlasova Liliya Vildanovna – Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi

Dostanov Alimardon Maxmur o‘g‘li – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘limi murabbiysi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Ikromova Taxmina Izatulloyevna – Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Akbarov Mirshavkat Miralimovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatobiliar jarrohlik va transplantologiya bo‘limi rahbari, jarroh

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Ruziaxunov Rahmatjon Tursunovich – Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi

Tashmatov Mamurdjan Ganiyevich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat Djaz orkestri badiiy rahbari

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullayev Nasrulla Djalilovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari

Akbarova Farida Sharaximovna – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Askarov Ibragim Raxmanovich – Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori

Ataxanova Xakimaxon – O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri yetakchi sahna ustasi

Botirov Nizomidin Fayzullayevich – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Raxmanov Vaxob – Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dots.nti

Raxmatov Mirvaxit Miraxmatovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Toshkent shahri

Saatov Tal’at – O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri

Tojiyev Kilich Musajonovich – Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati

Xalmedov Mirzatilla Nigmatovich – O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayev Rejabboy To‘rayevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati

Akbarov Abdulla Maxsutaliyevich – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati

Arzuova Nabiyra – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Baymuratova Irina Viktorovna – Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Barasheva Svetlana Muxtarovna – Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti

Begmatov Xayriddin Xoliqulovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Samarqand viloyati

Boynazarov Farxod Erkinovich – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori

Borchaninov Kirill Valerevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Buvayev Vaxobjon Sodiqovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Namangan viloyati

Djurayev Erkin Zayniyevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom, Buxoro viloyati

Yo‘ldoshev Shuhrat Temirovich – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Kudainazarov Amangeldi Aidarbekovich – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalashtiruvchi rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kurbonov Shukurjon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Latipov Azizxon Gaybullayevich – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Maxkamov Baxtiyar Mirxodiyevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dastgohli rangtasvirchi rassom

Maxkamov Toxir Turgunovich – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi

Mustafoyev Suyundik – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Muxamedov Davlat Kadirovich – Xorazm viloyati «Al-Amal Ijod» xususiy korxonasi ganch o‘ymakor ustasi

Muxtarov Ildar Askadovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi

Omar-Mun Yasmina Xalidovna – Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri

Rajabova Yulduz Shamshiddinovna – teatr va kino aktrisasi

Sultanov Allabergan Durdiyevich – Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitoblarni saqlash bo‘limi mudiri

Tadjimuratova Uljan Turdimuratovna – Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiysi

Taraskin Aleksandr Andreyevich – Toshkent shahridagi «Smart school» nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi

Turgunov Toxir Mirxasimovich – O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli oliy toifali artist-sozandasi

Usmonov Axrorjon Xolmatovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi

Xaji Akbar Aysa – Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor o‘rinbosari

Xametov Rustam Raufovich – «O‘zbeksirk» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, sirk artisti

Xamrayeva Nadira Mixaylovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

Xolmatova Ug‘uloy Sultonovna – Bekobod tumani madaniyat bo‘limining «Nilufar» folklor maktabi badiiy rahbari, Toshkent viloyati

Xolmirzayev Boir Mirzaaliyevich – O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor

Xusanov Mirabzal Zairovich – O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor

Xusanova Nigora Kaxramonjonovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ergasheva Barno Baxtiyarovna – «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi bosh baletmeysteri

Yuldasheva Lola Ravshanbekovna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Axmedov Xoliyor Ergashevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali 1-jarrohlik bo‘limi shifokor-jarrohi

Dadayev Xurshid Xamidjanovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyrojarrohlik jonlantirish bo‘limi mudiri

Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich – Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri

Masharipov Kadambay – Urganch davlat tibbiyot institutining nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dots.nti

Mirzayeva Zaxida Djurayevna – Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikasi  hamshirasi, Toshkent shahri

Sodiqova Nasiba Axmadovna – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi feldsheri

Yariyev Alijon Ravshanovich – Guliston shahridagi «Ravshan davolash maskani» xususiy klinikasi jarrohi, Sirdaryo viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Yodgorov Zavqiddin Rasulovich – Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi

Yokubova Xalima Jo‘rayevna – Muborak tumanidagi «Sheyx» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori

Kadirov Ramz Turabovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dots.nti

Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori

Pirmatova Nodira Yigitaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, xonanda

Suyarkulov Sherali Rustambekovich – Farg‘ona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Teshabayev Tulkin Zakirovich – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

Tog‘ayeva Gulandom Jumayevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Toshkent viloyati

Xalikova Muxabbat Shadiyevna -Termiz shahridagi 2-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Abduvaitova Larisa Amindjanovna – Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bosh hamshirasi

Qutbiddinova Naima Abduqayimovna – Uychi tumanidagi «Yorqatay» oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigadasi doyasi, Namangan viloyati

Safarova Guljahon Safarovna – Oqdaryo tumanidagi «Uzun» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Do‘smatova Mushtariy Yigitaliyevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Shodlik» ansambli balet artisti

Kamalxodjayeva Shukronaxon Axmadillo qizi – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti

Kosimova Iroda Joxongir qizi – «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi artisti

Matveyeva Darina Sergeyevna – «O‘zbeksirk» davlat muassasasi oliy toifali artisti

Norov Feruzbek Izzatulloyevich – O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli maqomchisi

Nurmatova Shoxidaxon Urmonjon qizi – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Piyazov Akilbek Burkit uli – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Sarsenbayeva Inkar Alpisbayevna – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi

Elmurodzoda Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘li – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali artist-maqomchisi

«Shuhrat» medali bilan

Abdullayev Ravshan O‘ktamovich – Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Abdullayev Rasuljon Rustamjon o‘g‘li – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi oliy toifali xor artisti  

Abduraximov Faxriddin Sadikovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali radio loyihalar muharririyati bosh muharriri

Absamatov Muxitdin Ismatovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Akramov Mahammadziyo Ravshanbek o‘g‘li – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Axmedova Nasiba Seydaxmetovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, o‘yinchoqlar yasovchi usta, Toshkent shahri

Baxromova Dilnoza Eshmirzayevna – Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paradzyudo bo‘yicha murabbiysi

Bekmetov Boltaboy – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon, Xorazm viloyati

Vaisov Mansurbek Egamberganovich – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Valatina Viktoriya Sergeyevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Munojot» raqs ansambli balet artisti

G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining agrobiologiya fakulteti dekani

Gulmurotov Dilmurod Sayitmurotovich – Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

G‘ulomjonov Qaxramon Rustamjon o‘g‘li – «Havas» oilaviy guruhi xonandasi

Djorabayeva Dilfuzaxon Mamundjanovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ansambli bosh baletmeysteri

Dosmuxamedov Taxirdjan Djurayevich – O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining ijodiy bo‘limi boshlig‘i, teatrshunos

Jumayev Turg‘un Po‘latboyevich – Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori

Imomova Shahribonu Komilovna – «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri

Kattaboboyev Sherzod Muxiddinovich – Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti

Maxmudov Nodirjon Kabildjanovich – «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati katta muxbiri 

Maxmudova Farangiz Nuridin qizi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, sozanda

Mirzayev Dilmurod Valijonovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy karnay-surnay guruhi badiiy rahbari

Mirzayeva Kamila Baxtiyor qizi – O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ansambli balet artisti

Muminov Lochinbek Nuriddin o‘g‘li – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Musabekov Dilshod Komilbekovich – «Dizayn PRO» mas’uliyati cheklangan jamiyati aktyori

Muxamedjanov Gulamjon Ibragimovich – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli artist-sozandasi

Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq o‘g‘li – «Rapid Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, rejissyor

Rajabov Xayrillo Sadilloyevich – Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining diagnostika bo‘limi shifokori

Raimkulov Azamat Kenjebayevich – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Raxmonova Gulasal Itolmasovna – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Raxmonova Guzal Shavkatovna – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Sayburxanov Zafarbek Obidjanovich – Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori

Seytxalilova Maftuna Axatovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining «Tumor» ansambli balet artisti

Toshev Davlat Bo‘ronovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom

Tugalov Botir Baxromovich – Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori

Umarov Mirzayunus Djurayevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Farg‘ona viloyati

Hamdamova Odinaxon Arabboy qizi – Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Haydarov Ilhomjon Ergash o‘g‘li – «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi rejissyori

Choriyev Nurilla Ortiqovich – «Yoshlik» jurnali bosh muharriri, yozuvchi

Sharipov Andrey Mirsameyevich – O‘zbekiston triatlon federatsiyasi sportchisi

Elliyeva Dildora Anvarovna – Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Posted on Leave a comment

O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Aripov Uktam – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim

G‘afurov Vali – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib

Jalolov To‘xtasin   – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon

Kabulov Vasil Kabulovich – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim 

Qosimov Begali  – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim

Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Radjapov Murad Yadgarovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim

Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim

Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Akilova Viloyat Isaxarovna – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster

Axmedova Rimma Ashurovna – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi

Vaxobov Ismoil – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

Madaliyev Oxunjon Nusratovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor

Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Yuldashev Baxadir – «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Posted on Leave a comment

Turkmanistonga amaliy tashrif yakunlandi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Kaspiy bo‘yidagi «Avaza» turizm zonasida davlatimiz rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yakunda Qo‘shma bayonot qabul qilinib, qator hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda yetakchilar bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalariga baho berdilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilari bilan birgalikda «Galkinish» milliy ot sporti guruhining chiqishlarini tomosha qildi.

Tadbirlar yakunlangach, Turkmanboshi shahri aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxlar kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Posted on Leave a comment

Yetakchilar «Galkinish» chavandozlar jamoasining chiqishlarini tomosha qildilar



Amaliy tashrifning madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda «Avaza» kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonlarga «Galkinish» milliy ot sporti jamoasi axaltaka zotli tulporlarining chiqishlari namoyish etildi.

Dunyoga mashhur «Galkinish» ot sporti guruhi bu yil Monte-Karloda bo‘lib o‘tgan 47-xalqaro sirk festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin mukofotga sazovor bo‘ldi, shuningdek, Istanbulda bo‘lib o‘tgan Xalqaro etnosport festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz rahbariga to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar



«Avaza» milliy turizm zonasining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu yetaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakat rahbariyati va qardosh turkman xalqini shu oy boshida Avazada BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollarni tashkil etdi. Fevral oyidan boshlab mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qilmoqda, poytaxtlarda savdo uylari ishlamoqda. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda «Shovot – Toshovuz» savdo zonasini ishga tushirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar yakunlanmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiyalar va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari hamda qator madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak yettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar. Shu ma’noda, «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» formatidagi muzokaralar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni ertalab amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Posted on Leave a comment

Odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi



Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda bu soha izchil isloh qilinib, sudlar jazolovchi organdan inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga aylantirildi.

Jumladan, ma’muriy sudlar tashkil etildi. Maishiy zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan samarali choralar ko‘rildi. Oilaviy masalalarga ixtisoslashgan sudyalar korpusi yaratildi. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha alohida sudlov tarkibi takshil etildi.

Bu kabi islohotlarni fuqarolar o‘z hayotida sezmoqda, xorijiy ekspertlar muhim qadam sifatida e’tirof etmoqda.

Shu bilan birga, sudlovning ochiqligi va xalqchilligini ta’minlash, raqamlashtirish orqali odamlarga qulaylik yaratish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ko‘p masalalar o‘z yechimini kutmoqda.

Taqdimotda bu boradagi rejalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqildi va uni izchil amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu korrupsiyaning oldini olish, fuqarolar va tadbirkorlarga ovoragarchiliksiz odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tahlillarga ko‘ra, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan da’volarning katta qismi nizosiz ishlarga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois bunday masalalarni ma’muriy organlar vakolatiga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari muammolarining qisqa muddatda hal etilishini ta’minlaydi.

Yana bir qulaylik – ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini eksterritorial tarzda ko‘rish tartibini joriy etish. Bugungi raqamli texnologiyalar asrida buning imkoni bor.

Adolat va ishonchni ta’minlashda sudyalik lavozimining barqarorligi muhim. Shu maqsadda sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Barcha yo‘nalishdagi sudlar bo‘yicha mintaqaviy taftish sudlarini tashkil etish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlardagi taftish instansiyalarini tugatish taklifi bildirildi. Bunda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi bo‘lishi, taftish instansiyasi esa 5 ta mintaqaviy sudda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Yana bir muhim masala – sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishdir. Shu maqsadda Sudyalar oliy maktabini isloh etib, uning negizida Odil sudlov akademiyasini tashkil etish konsepsiyasi taqdimot qilindi.

Davlatimiz rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli farmonlarni imzoladi. Rejalashtirilgan vazifalar ijrosini tizimli va sifatli ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

«Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.