Posted on — Leave a comment

«TYMSM» MChJni Kengash reyestriga kiritish to‘g‘risida

Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning muvofiqlikni baholash sohasidagi Temir yo‘l transporti kengashi Ekspert guruhining 2026 yil 30 sentyabr va 1 oktyabrda Toshkent shahrida o‘tkazilgan oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishi bayonnomasi qarori, 3.2-bandiga asosan, “Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” MChJning Sertifikatlashtirish organiga berilgan 78-sonli guvohnoma 2029 yil 8 sentyabrgacha va Sinov laboratoriyasiga berilgan 79-sonli guvohnoma 2027 yil 25 sentyabrgacha uzaytirilib, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi tomonidan tan olingan muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) organlari, sinov laboratoriyalari va sinov markazlari Reyestriga kiritildi va Kengash saytida aktualizatsiya qilindi.

Posted on — Leave a comment

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Prezidentimiz “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Maslahat uchrashuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish, madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoshlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.

MDH davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tadbirlar yakunida qoʻshma hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.