MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekiston Prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

09.06.2025


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

Ushbu ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yil oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

  • Kontaktlar

    Qabul xona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61 uy