MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

Yagona telefon

78 150 13 69

Bizga yozing

info@ccrp.uz

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

O‘zbekistonda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi

01.04.2025


3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

«Kelajakka sarmoya kiritish» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, innovatsiyalar, «yashil» energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari 4-aprel kuni o‘z ishini boshlaydigan Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

MCHJ

Temir yo‘l mahsulotlarni sertifikatlashtirish markazi

  • Kontaktlar

    Qabul xona

    +998 78 150 13 69

    E-mail

    E-mail:info@ccrp.uz
    O‘zbekiston Respublikasi, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 61 uy