Posted on Leave a comment

Mahallaning yangi qiyofasi ko‘zdan kechirildi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Dilbog‘ mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada 5 ming 200 nafardan ortiq aholi yashaydi. 26 ta ko‘p qavatli uy, maktab va bog‘chalar, savdo shoxobchalari  atrofi obod qilingan.

Yurtimizda har bir mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib rivojlantirilmoqda. Dilbog‘liklar asosan tadbirkorlik va hunarmandlik bilan shug‘ullanadi. 15 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, bitta ishlab chiqarish korxonasi, ta’lim muassasalarida aholi doimiy ish bilan band.

O‘tgan yili aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 13 ta loyihaga kredit ajratilgan. 300 ga yaqin fuqaro yangi ishga joylashtirilgan. Yoshlarni kasbga o‘rgatish uchun monomarkaz tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshxona va kutubxona mavjud. Hozir bu yerda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 154 nafar bola saboq olmoqda. Mashg‘ulotlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan. Stadionlar yoritish va tasvirga olish qurilmalari bilan jihozlangan.

Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari va sport sohasi mas’ullari bilan suhbatlashdi.

– Futbol bo‘yicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga e’tibor berganimiz tufayli o‘zbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Yevropa jamoalarida legionerlarimiz ko‘payyapti. Yoshlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Bu davomiy bo‘lishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qo‘shimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qo‘llab-quvvatlash zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu mahalladagi suv sporti saroyining ta’miri ham ko‘zdan kechirildi. Uni davlat-xususiy sheriklik asosida barqaror ishlatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Posted on Leave a comment

Toshkentda yana bir suv sporti saroyi ochildi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. E’tiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan.

50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar bor. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda bolalar suv sportini o‘rganadi. 

Majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning o‘zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

Ikkinchi qavatda ma’muriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan. 

Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari bu yerda yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ulkan yutuqlarga ruhlantirdi.

Bu yil Parij shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidan 13 nafar sportchi litsenziya qo‘lga kiritgan. Prezidentimiz mazkur sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlashdi.

– Shaharu qishloqlarda sport majmualari qurib, uni ommalashtirishga katta e’tibor berayamiz. Chunki sport bilan shug‘ullangan yoshlar kam bo‘lmaydi, sog‘lom bo‘ladi, bolalariniyam shunday tarbiyalaydi. Sizdek professional sportchilar bu yo‘lda yoshlarga ham iftixor, ham o‘rnak bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Posted on Leave a comment

Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat va xodimlarning ish-harakati raqamli texnologiyalar orqali tahlil qilib boriladi. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorlarining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat qilinadi va baholanadi.

Bunda “Е-Jamoat xavfsizligi”, “Е-Ijtimoiy vaziyat” kabi dasturlar, yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash xizmatlarining yagona axborot tizimlari hamda 6 mingdan ziyod “aqlli” kuzatuv kameralari integratsiyasi qo‘l kelmoqda. Shuningdek, markazda videoaloqa orqali profilaktika inspektorlari, yo‘l patrul, post patrul va probatsiya xodimlari uchun masofaviy o‘quvlar o‘tkaziladi. Ommaviy tadbirlarni modellashtirish orqali nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkor choralar ko‘rish o‘rgatiladi.

Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e’tibor qaratib, soha xodimlari yuqori texnologiyalarni yaxshi bilishi lozimligini ta’kidladi. 

Bugungi kunda barcha sohalarda sun’iy intellektning o‘rni kengayib bormoqda. Insonlarga qulaylik yaratadigan dasturlar bilan birga kiberjinoyatchilik, firibgarlik usullari ham ko‘paymoqda. Bunday jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va fosh etish uchun ichki ishlar xodimi undan-da ilg‘or, ziyrak bo‘lishi kerak.

Shu bois markazdagi uchrashuvga huquq-tartibot idoralari huzuridagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari taklif etildi. Ulardagi o‘quv dasturlarini shu nuqtayi nazardan takomillashtirish, dual ta’lim tizimini joriy etish, darslar va ilmiy ishlarning hayot bilan hamnafasligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Ichki ishlar vazirligida uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi bo‘yicha strategiyada 2025 yil yakuniga qadar tizimni raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish belgilangan. Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbariga shu borada axborot berildi.

Bu jarayon uch bosqichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda muammolar o‘rganilib, ikkinchisida shu asosida mutaxassislar va dasturlar tayyorlandi. Jumladan, 66 ta axborot tizimi va modullari ishlab chiqildi.Ularga vazirlik va idoralarning 77 ta hamda Ichki ishlar vazirligining 25 ta axborot tizimi integratsiya qilindi. Jamoat xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari 18 mingdan ziyod planshetlar bilan ta’minlandi hamda raqamli qurilmalardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘qitildi.

Natijada 155 ta hisobot, 37 ta ish yuritish sohasi, yuzga yaqin qaydnoma va yig‘ma materiallar raqamlashtirilgan. Buning hisobiga 213 milliard so‘m tejalishiga erishilgan.

Endi, uchinchi bosqichda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etib, sohaga sun’iy intellektni keng joriy qilish, uskunalarni mahalliylashtirish kabi maqsadlar qo‘yilgan.

Shu yerda ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.


Posted on Leave a comment

Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdilar.

Davlatimiz rahbarini Turkiyaning oliy davlat mukofoti – «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, «Esonbug‘a» xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Posted on Leave a comment

Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Ta’kidlash joizki, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari samarali muzokaralar natijalaridan nihoyatda mamnunligini bildirdilar


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida turkiyalik hamkasbiga taklif va Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkor ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligida Turkiyada xalq farovonligini oshirish, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro maydondagi nufuzi va ta’sirini oshirish bo‘yicha katta sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Hayratlanarli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

– Biz chin qardosh va yaqin do‘st sifatida Turkiya xalqi erishayotgan bunday olamshumul yutuqlardan nafaqat nafaqat quvonamiz, balki behad faxrlanamiz. Biz oldimizga qo‘ygan niyatlarimiz va istaklarimiz bir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi oliy darajadagi uchrashuvlar tarixiy ahamiyatga ega ekani va ular natijasida Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolangani qayd etildi.

Yetakchilar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadlarni belgilab oldilar. Jumladan, kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish, siyosiy muloqotni faollashtirish va Hukumatlararo komissiya mexanizmidan samarali foydalanishga qaror qilindi.

– Biz hamkorlikning yangi, yanada mustahkam ko‘priklarini qurayapmiz. Hech shubhasiz, O‘zbekiston-utkriya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi hozirgi vaqtda aloqalarimiz tarixida yangi sahifa ochmoqda. Bunday yuksak darajadagi muloqot formati o‘zaro ishonch va hurmatning oliy ifodasidir, – dedi Prezidentimiz.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi.

So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 baravarga, qo‘shma korxonalar soni 2 baravarga, investitsiyalar 2,5 baravarga oshgan. Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta havo qatnovi amalga oshirilmoqda.

Bugun Turkiyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston bozorida faol ish olib bormoqda. Turk biznesi ishtirokida 100 dan ortiq loyiha samarali amalga oshirilmoqda. Joriy tashrif doirasida 10 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish, mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish, yangi o‘sish nuqtalari va maxsus sanoat klasterlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlashga kelishib oldilar.

Energetika, tog‘-kon, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, sog‘liqni saqlash, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi intilishlar qat’iy ekani bildirildi.

Ikki mamlakat hukumatlariga logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish, mavjud transport yo‘laklaridan samarali foydalanish va biznes aloqalarini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi.

Davlatimiz rahbari qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini va uning ilk yig‘ilishi bugun ikki davlat rahbarlari boshchiligida o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Xalqaro maydonda yaqin hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikni davom ettirishga sodiqlik bildirildi.

Prezidentlar G‘azo sektorida zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatish va Falastin-Isroil muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini yana bir bor ta’kidladilar.

– Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart, – dedi davlatimiz rahbari.

Tomonlar islom dinining asl insonparvar mohiyatini keng targ‘ib qilish, islomofobiya va radikalizmga qarshi kurashishda, shuningdek, o‘zbek zaminida tug‘ilib o‘sgan va musulmon dunyosida yuksak qadrlanadigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduholiq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk allomalarning bebaho ma’naviy merosidan samarali foydalanish masalalarida hamkorlik qilish borasida yakdil fikr bildirdilar.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro madaniyat haftaliklari, ta’lim va tibbiyot forumlari, ko‘rgazmalar o‘tkazish va turistlar oqimni oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Barcha erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


6-iyun kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan tadbirda «Global Textile», «ProCab», «Agromir Group», «ERIELL Group», «Akfa Holding», «Murad Buildings», «SAG», «BMB Holding», «Uzbekistan Hydrogen» kompaniyalari ishtirok etdi.

Turkiya tomonidan «Çalık», «Cengiz», «Acibadem», «Eczacıbaşı», «Anadolu Group», «Aksa Energy», «Zorlu», «Kalyon», «Onur Group» kabi xolding kompaniyalari qatnashdi.

Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki tomonlama munosabatlar rivoji yangi bosqichga ko‘tarilganining ramzi ekanini ta’kidladilar.

Yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish va kelgusidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib turish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik izchil sur’atda rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi. So‘nggi besh yilda turk sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni uch barobarga oshdi va 2 mingtaga yetdi, investitsiyalar hajmi ikki barobarga ortdi.

Kuni kecha o‘tgan biznes forumi va ishbilarmonlik tadbirlari natijasida qishloq xo‘jaligi, qurilish, energetika, sog‘liqni saqlash, geologiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, zargarlik, to‘qimachilik va charm sanoati sohalarida ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Prezidentimiz energetika, qurilish, konchilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida «Cengiz Energy», «Aksa Energy», «Çalık Holding», «Eczacıbaşı» va «Anadolu» kabi turk kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyatini ko‘rsatib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab, eng avvalo, investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni taklif etdi.

O‘zbekiston-Turkiya sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Ushbu sanoat zonasi ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikning lokomotiviga aylanadi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Shu asosda 3 milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kengash uchrashuvida konchilik sanoatida hamkorlik qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Turkiyaning yirik kon-geologiya kompaniyalari bilan foydali qazilmalarni o‘rganish va qazib olish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, o‘z navbatida, Turkiya O‘zbekiston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

U ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Turkiya yetakchisi kengash ishtirokchilarini savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash maqsadida konstruktiv muloqotga chaqirdi.

Fikr almashish davomida turk ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda olib borilayotgan ortga qaytmas islohotlar natijasida paydo bo‘lgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar, bu islohotlar Turkiya biznesining uzoq muddatli rejalarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratayotganini ta’kidladilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari tomonidan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan aniq takliflar bildirildi.

Davlat rahbarlari tadbirkorlarni birgalikda ishlashga tayyorligi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, mas’ul rahbarlarga ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.


Posted on Leave a comment

Prezident o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi.

Bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli tashkil etilgani ta’kidlandi. Hududlardagi Haj markazlari orqali ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi. Vazirlar Mahkamasi boshchiligida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tuzilmalar hamkorligida ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratildi.

Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar bo‘ladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, oshpazlar, tarjimonlar va boshqa ko‘makchilar hamrohlik qiladi.

Bu kabi e’tibor va sharoitlarni arabistonlik mutasaddilar ham yuqori baholab, O‘zbekiston Prezidentiga hurmat va duolarini izhor etmoqdalar.

Bu yildan boshlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratchilar tomonidan Qur’oni karimni xatm qilish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha 1 ming 515 ta xatm o‘qilib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.

Davlat rahbari yurtdoshlarimiz muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, sog‘-omon kelishlarini tiladi. O‘zbekistonga qaytgach, hojilar jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga umid bildirdi.

Suhbat samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, «yashil» energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.