Posted on Leave a comment

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan birga Samarqanddagi xalqaro turizm markazida tashkil etilgan «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarga ko‘rgazmaning asosiy qismi — tungi sahro manzarasi namoyish etildi. Yulduzli osmonda burjlar, Mirzo Ulug‘bek xaritasi va meridianlar namoyon bo‘ladi. Tomoshabin xuddi Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan karvon kabi qum tepaliklar orasidan o‘tadi. Yo‘l bo‘ylab insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi yoritib boriladi.

O‘zbek va turkman san’atkorlari ijrosida dutor va tanbur chalindi, buyuk shoirlar Alisher Navoiy va Maxtumquli g‘azallari o‘qildi.

Innovatsion taqdimotda maxsus jilolar va teatrlashtirilgan sahnalar keng qo‘llanilgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar

Robo Gallery: You didn’t select any Robo Gallery item in editor. Please select one from the list or create new gallery

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqand shahridagi Kongress markazining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda eman daraxtini ekdilar.

Marosim ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning ramzi bo‘ldi.

Posted on Leave a comment

Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.

– Qardosh Turkmanistonning barcha ulkan yutuqlari, keng ko‘lamli yangilanishlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi sizning nomingiz bilan chambarchas bog‘liq, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda, aholi farovonligi izchil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lidagi xalqaro tashabbuslarni alohida qayd etdi.

Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025-yilni «Tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlandi.

Turkmaniston yetakchisining shaxsiy sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani ta’kidlandi.

– Shaxsan sizning ko‘magingiz bilan 2017-yilda mamlakatlarimiz strategik sherikligining mustahkam asosi yaratildi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, ishbilarmonlari, jamoatchiligi, ziyolilari va yoshlari o‘rtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash bir necha barobar ko‘payib, 1 milliard dollardan oshdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak e’tirofga loyiq. Masalan, o‘tgan yili Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining o‘zbek tilidagi to‘plami taqdimot qilindi, shuningdek, Ashxobod xalqaro kinofestivalida o‘zbek-turkman badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti topshirilishi ko‘p millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakchisi va me’mori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi bo‘lgani ta’kidlandi.

Posted on Leave a comment

Samarqandda O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

24-aprel kuni «Silk Road Samarkand» majmuasining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Uchrashuv avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajalarda samarali muloqot olib borilmoqda. Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi, madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Poytaxtlarda savdo uylari tashkil etilib, yuk tashish hajmi oshmoqda. Yaqin yillarda tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o‘zaro manfaatli kooperatsiya rivojlanmoqda. Birgalikda «Shovot-Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda.

Faol hududlararo muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini hamda O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy sheriklikka doir masalalar, shu jumladan «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi bo‘lajak sammitlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan forum va boshqa xalqaro tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisiga uning qalamiga mansub «Tafakkur gavhari» kitobining o‘zbek tilidagi nashrining nusxasini topshirdi.

Лидеры посетили комплекс «Вечный город»

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Национальный лидер туркменского народа, Председатель Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов вместе приняли участие в культурных мероприятиях, организованных на территории историко-этнографического парка «Вечный город» в международном туристическом центре «Silk Road Samarkand».

Высокий гость ознакомился с выставками, раскрывающими богатое культурное наследие нашего народа, образцами ремесленничества и прикладного искусства. Представлена культурна программа из выступлений хореографических коллективов.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurdilar

Samarqand shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdilar.

Qabrga gullar qo‘yildi. Qur’on tilovat qilindi.

Posted on Leave a comment

Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshmoqda. Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda. Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Posted on Leave a comment

Davlatimiz rahbari Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahriga keldi.

Bugun davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.