Posted on Leave a comment

Odamlarga munosib sharoit yaratib, ishli qilish  – strategik vazifa


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


G‘ijduvon tumanida 1-iyun kuni Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining boshida hududdagi o‘zgarishlarni qayd etdi.

So‘nggi yillarda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshgan, aholi jon boshiga 26 million so‘mga yetgan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 4 ming 600 ta korxona tashkil etilib, 90 mingta ish o‘rni yaratilgan. Eksport 215 million dollarga yetgan. Qorako‘l, Jondor, Shofirkon va Kogon tumanlarining  har birida sanoat hajmi yiliga 1 trillion so‘mdan oshgan.

– Iqtisodiyotni izchil rivojlantirib, yana ish joylari ochish, yoshlarni bilimli va kasbli qilish bo‘yicha hali ko‘p ishlash kerak. “Oyog‘imiz ostida” imkoniyatlar turibdi. Ulardan foydalanib, 544 ta mahalladagi 2 milliondan ziyod aholining sharoitini yanada yaxshilash zarur. Buning uchun har bir tizim har kuni mehnat qilishi, izlanishi kerak, – dedi Prezident. 

Ishsiz, kam daromadli va chet elda qiynalgan odamlarga munosib sharoit yaratib, ishli qilish hokimlar va sektor rahbarlari uchun strategik vazifa ekani ta’kidlandi.

Shu bois Buxoroda bu yil kichik biznesga 5,9 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2,1 trillion so‘m kredit berilishi aytildi. Buxorodagi kichik biznes, turizm va servis uchun yana 100 million dollar alohida ajratiladi. Bular orqali iyun-dekabr oylarida 78 ming aholi bandligini ta’minlash mumkin.

Odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat sanoat zonalarida. Kogon tumanida ming gektarda yirik sanoat majmuasi barpo etilmoqda. Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Elektr texnikasi tarmog‘ida bu yil Buxoro shahri va Qorovulbozorda 50 million dollarlik 3 ta yirik quvvat ishga tushadi. Temir-beton mahsulotlari chiqaradigan zavod quriladi. Buxoroning tarixiy qismida zargarlik markazi tashkil etiladi.

Investitsiya loyihalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Natijada 405 million dollarlik 5 ta loyihaning ishga tushishi tezlashadi.

Masalan, Buxoro tumanidagi neft-kimyo klasterida benzol, olefin, aromatik uglevodorod, naftadan pentan va geksan eritgichlari ishlab chiqariladi. 4,5 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat, 130 million dollar eksport tushumi va 600 ta yuqori daromadli ish o‘rni ochiladi.

Viloyat sanoat korxonalarining kooperatsiya xaridlaridagi o‘rni kamligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu maqsadda Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilinib, korxonalar reyestri va yillik quvvati yangilab boriladi.

Buxoroda yiliga 5 million xorijiy turist kelishi uchun sharoit yaratilmoqda. Shahar markazida Boqiy Buxoro madaniy etnografik parki va yangi aeroport qurilishi boshlandi.

Shu bilan birga, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Zarafshon daryosi bo‘yida sayilgoh tashkil qilish, To‘dako‘l suv havzasi bo‘yida dam olish maskanlarini ko‘paytirish zarurligi aytildi.

Hukumatga ulug‘ ajdodlarimiz boy merosini chuqur o‘rganish, obidalar atrofida turizm kontentini ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Qishloq xo‘jaligida ham foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Viloyatda ip-kalavaning 57 foizi mato qilinayapti, qolgani xomashyo shaklida 4 barobar arzon sotilayapti.

Yoki, viloyatda 1 million 200 ming tonna meva-sabzavot yetishtirilsa-da, eksporti ko‘p emas. Sababi – meva-sabzavotlarni sotish joylari hal qilinmagan, ularni qadoqlash tizimi yo‘q.

Qorako‘l erkin iqtisodiy zonasining 30 gektarida texnopark tashkil qilib, mazkur tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Xususan, binolar aralash gazlama va buyoq xonaga moslab quriladi, chet ellik va mahalliy hamkorlarga qulay shartlarda tayyor holda topshiriladi. Bu bir yilda to‘liq qayta ishlash tizimiga o‘tib, eksportni ikki barobar oshirishga turtki beradi.

Rossiyaning Nijegorod viloyati va Penza shahrida Buxoro viloyatining bozorlari barpo etiladi.

Irrigatsiya masalalariga to‘xtalinar ekan, viloyatda suv yetkazish xarajatining 87 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi. Nasoslar energotejamkoriga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard so‘mni iqtisod qilish mumkinligi aytildi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilish G‘ijduvonda bo‘layotganiga e’tibor qaratib, bu yerliklarning ishbilarmonligini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda tuman sanoati 2 karra o‘sib, 2 trillion so‘mdan oshgan. Shu vaqtda 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan.

Bu sur’atni davom ettirgan holda, tadbirkorlarni eksportga yo‘naltirish, xonadonlardagi kichik ishlab chiqarishlarni “soyadan” chiqarish, yoshlarga kasb o‘rgatish, zamonaviy shifoxona qurish vazifalari belgilandi.

G‘ijduvonlik tadbirkorlar 10-11-sinf va kollej o‘quvchilariga darsdan so‘ng kasb o‘rgatib, 2 million so‘mgacha oylik to‘lash, bepul tushlik va tekin avtobus bilan ta’minlash taklifini bildirgan. Prezident bu taklifni ma’qullab, xayrli tajribaga aylantirish kerakligini ta’kidladi.  

Umuman, G‘ijduvonning o‘zida 25 ming ish o‘rni, qo‘shimcha 50 million dollar eksport imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Yig‘ilishda hokimlar va sektor rahbarlarining axboroti, tadbirkorlarning takliflari eshitildi.


Posted on Leave a comment

Prezident namunaviy yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi 


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida ta’mirlangan avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

Buxoro viloyatida 15 ming 400 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 486 kilometri xalqaro ahamiyatga ega. Ularda kuniga o‘rtacha 45-50 mingta transport vositalari harakatlanadi. Shu yil 29-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu sohaga alohida to‘xtalib, yo‘llarni sifatli qurish, ko‘chalar bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bu borada barcha hududlarda ishlar boshlab yuborilgan.   

Jumladan, Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Qorako‘l tumanidan o‘tgan bir qismi namunaviy shaklga keltirildi. Loyihaga ko‘ra, 4 tasmali yo‘l yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Bunda mustahkamligi yuqori innovatsion materiallardan foydalanilgani evaziga yo‘lning sifati oshgan. Masalan, hozirgi an’anaviy asfalt yo‘llar o‘n besh yil atrofida qayta qurilsa, yangi loyiha bo‘yicha yigirma yilgacha xizmat qiladi. Ularni joriy ta’mirlash oralig‘i ham uzayadi. Yana bir samarali tomoni, ta’mirlash jarayonida yo‘l qatlamlarini o‘sha joyning o‘zida qayta ishlab, yangilash mumkin bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari aholi manfaatiga qaratilgan bunday ishlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

– Asosiy vazifa – yo‘llarda sifat va madaniyatni ta’minlash, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi loyihada bu masala ham inobatga olingan. Yo‘l sifatini saqlash maqsadida, me’yordan ortiq yuk tashuvchi transport vositalarining vazn parametrlarini vaqti-vaqti bilan o‘lchovchi ko‘chma tarozi qo‘yiladi.  

Shuningdek, bu yerda yondosh shoxobcha yo‘l ham qurilgan. Yangi belgilar, elektron tablo va quyosh panelli yoritish chiroqlari o‘rnatilgan. Yo‘l bo‘yiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Prezidentimiz bu jihatga alohida to‘xtalib, daraxt ekish yo‘l qurilishi bilan birga olib borilishi shart ekanini ta’kidladi. 

Shu yerda transport va bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi.

Buxoro viloyatida bu boradagi rejalar ko‘p. Ilgari bir yilda o‘rtacha 250-300 kilometr yo‘l ishlari bajarilgan bo‘lsa, birgina 2023-yilda 1 ming 255 kilometr yo‘llar ta’mirlangan. Bu yil hudud bo‘yicha 1 ming 316 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.

Shularning davomi sifatida G‘ijduvon tumanidan Turkmaniston chegarasigacha 155 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish loyihasi ma’qullandi.

Yo‘lsozlik sohasida kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni rivojlangan davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi. 

Buxoro shahrini rivojlantirish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i bunyod etilishi rejalashtirilgan.  Bog‘da Buxoro tarixi zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Posted on Leave a comment

Sanoat hududi yonida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tardi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

Hududda ilgari bunchalik keng ko‘lamli qurilish bo‘lmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 13-avgustdagi qaroriga muvofiq “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan keyin sanoat jadal sur’atga kirdi. Undagi zavodlarda kelgusida minglab odamlar ish bilan ta’minlanadi. Qolaversa, yurtimizning boshqa hududlaridan ham mutaxassislar kelib ishlaydi. Ularga qulaylik, oilalariga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida mazkur iqtisodiy zona yaqinida yangi massiv bunyod etilmoqda. 

Loyiha ikki bosqichli bo‘lib, 1 ming 380 xonadonli 71 ta ko‘p qavatli uy, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazi hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi ko‘zda tutilgan. 

Hozirda birinchi bosqichda 12 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika foydalanishga topshirilgan. 

Prezidentimiz shu yerda mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.

– Mahallada “yettilik” hamfikr va hamjihat bo‘lsa, ishsizlik, jinoyat bo‘lmaydi. Buning uchun ularda yetarli vakolat bor. Mutasaddi tashkilotlarni jalb etib, odamlarning daromad topishiga yordam berish kerak. Maktabda ta’lim sifatidan xabardor bo‘lish, bitiruvchilarni oliy ta’limga, daromadli hunarlarga yo‘naltirish zarur, – dedi davlatimiz rahbari.

Atrofni, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kelgusida hududda istirohat bog‘i va suzish havzalari tashkil etiladi.  Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.


Posted on Leave a comment

Buxoroda yirik majmualar qurilishi boshlandi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi ulkan loyihalarga asos bo‘lishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu gal ham shunday bo‘ldi – Buxoro viloyatida yirik energetika va transport majmualarining qurilishi boshlandi. 

Mamlakatimizda so‘nggi 5 yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,4 barobarga ko‘payib, birgina o‘tgan yilda 553 trillion so‘mni tashkil etdi. Buxoroda esa bu ko‘rsatkich 1,6 barobarga oshib, 30 trillion so‘mga yetdi.

Viloyatda 7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobidan 41 ta va yana shuncha qiymatdagi 39 ta mahalliy loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Endi yana uchta yirik inshoot – gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi, Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalarning ahamiyati haqida so‘zladi.

Ulardan biri “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida quriladigan gaz-kimyo majmuasidir. U “methanol to olefins” (MTO) texnologiyasi asosida ishlaydigan yurtimizdagi birinchi zavod bo‘ladi.

Loyiha doirasida qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb etilib, AQSH, Germaniya, Daniya, Avstriya, Italiya va Xitoyning eng ilg‘or texnologiyalari keltirib o‘rnatiladi. Yagona majmua doirasida yiliga 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz va 430 ming tonna nafta qayta ishlanib, yurtimiz va jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan 1,1 million tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday mahsulotlar gaz narxiga nisbatan 5 barobar ko‘p qo‘shilgan qiymat beradi.

Yangi zavodda 2 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, u qurilish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, avtomobilsozlik, elektrotexnika va boshqa turdosh sohalarda o‘nlab korxonalar, yana 4 mingta ish o‘rni ochilishiga turtki bo‘ladi.

Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida Buxoroda nafaqat turizm, balki sanoat ham haqiqiy “drayver”ga aylanadi.

Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi elektr energiyaga bo‘lgan talabni yiliga o‘rtacha 6 foizga oshirmoqda. Shu bois joylarda yangi generatsiya quvvatlari barpo etib borilmoqda.

So‘nggi yillarda 2 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 2 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. Bugungi kunda xorijiy sheriklar bilan jami 19 milliard dollarlik 18,3 gigavattli 32 ta “yashil” generatsiya quvvatlari qurilmoqda.

Joriy yilning o‘zida 14 ta quyosh va shamol stansiyasining dastlabki 2,6 gigavatti tarmoqqa ulanadi. Natijada yurtimizda ishlab chiqariladigan jami quvvatda muqobil energiya ulushi 9 foizdan 15 foizga oshadi. Umuman, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish maqsad qilingan. 

Bunda, albatta, serquyosh Buxoroning alohida o‘rin tutadi. Hozirgi kunda viloyatda qariyb 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 4 gigavattli 9 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Endi ularning safiga Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan quriladigan 250 megavattli quyosh elektr stansiyasi ham qo‘shiladi. Bu loyiha uchun Olot tumanidan 648 gektar yer ajratilgan. Stansiya 2025-yil dekabrda yagona elektr tarmog‘iga ulanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Buxoro viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Xitoyning “Gezhouba” kompaniyalari tomonidan ham muqobil energiya majmualari barpo etilmoqda. 2030 yilga borib viloyatdagi quvvatlar 9 karra ortib, yiliga 12,5 milliard kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqariladi.

Startdagi yana bir loyiha – yangi xalqaro aeroport. 

Davlatimizning ochiqlik siyosati natijasida dunyo bilan aloqalar jadallashdi. O‘zbekistonda 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi.

Bularning natijasida yurtimizga keluvchilar ko‘paydi. Oxirgi 2 yilda xizmatlar eksportining 40 foizi turizm sohasiga to‘g‘ri kelgag. 283 ta mehmonxona, 486 ta xostel, 1,2 mingta oilaviy mehmon uyi barpo etilgan. Turizm oqimi 35 foizga oshgan.

Xususan, birgina 2023-yilda Buxoroga 1 million 400 mingga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan.

Bu kabi omillar viloyat xalqaro aeroportida parvozlar sonini ko‘paytirishni talab etmoqda. Shu bois xususiy sheriklik shartlari asosida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurish ko‘zda tutilgan.

226 million dollarlik ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasi tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, mazkur majmualar qurilishini boshlab berdi.

Shu yerda Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilgan majmualar, jumladan, yangi aeroport loyihasi taqdimot qilindi.


Posted on Leave a comment

Shavkat Mirziyoyev buxorolik faollar bilan suhbatlashdi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Davlatimiz rahbari Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.

Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Zamonaviy maktab va institutlar tashkil etilib, bolalar ta’lim-tarbiyasiga imkoniyatlar kengaymoqda. Aholining salomatligi doimiy nazoratda. 

Iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar natijasida tumanlarga sanoat kirib borayapti, mahallalar obod bo‘lmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan.

Sayxunobod tajribasi asosida iqtisodiy kompleks tashkilotlari kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, ularning daromad topishiga ko‘maklashmoqda. Tomorqalardan samarali foydalanilayapti.

Bular yurtimizdagi to‘kinlik va farovonlik, ijtimoiy muhit barqarorligini yanada mustahkamlayotgani ta’kidlandi. Nuroniylar Buxoroda ishga tushirilayotgan va qurilayotgan korxonalarning aholi bandligidagi ahamiyatini qayd etib, davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

ICESCO bosh direktori samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, mamlakatimizda boy ilmiy va madaniy merosni asrab-avaylash, har tomonlama o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat natijalarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston Prezidenti tashkilot bilan o‘zaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

2007-yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, 2020-yilda Buxoro shahri, 2025-yil uchun esa Samarqand shahri ushbu maqomga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti hisoblanadi. Toshkent shahridagi Xalqaro islom akademiyasida ICESCOning Islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha maxsus kafedrasi faoliyat yuritmoqda.

Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida qo‘lyozmalar va boshqa tarixiy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, bu boradagi loyihalarni amalga oshirish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish belgilandi.

Amaliy sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida O‘zbekistonda ICESCOning mintaqaviy vakolatxonasini ochish masalasi o‘rganiladi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti Misr bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Senat raisi O‘zbekiston yetakchisiga Misr Prezidenti Abddulfattoh as-Sisining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajadagi muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Misrning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda geologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni yanada faol rivojlantirish, qonun chiqaruvchi organlarda do‘stlik guruhlarini tuzish, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini ta’minlash, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.

Xalqaro tuzilmalar, jumladan, Parlamentlararo ittifoq, Qo‘shilmaslik harakati va Arab parlamenti doirasida amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.


Posted on Leave a comment

Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Yildan-yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Shu maqsadda 2024-yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirildi. Bu maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishga xalal bermagan holda energiya iste’molini samarali tashkil etish orqali muayyan hajmlarni tejashni nazarda tutadi.

Shuningdek, iste’molchilarni energiya auditidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkaziladi. Audit asosida tashkilot va korxonalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi.

Bu borada shaffoflikni ta’minlash uchun energiya auditi xulosalari va undan keyin erishilgan natijalar yillik biznes-rejalariga kiritilib, kuzatuv kengashida tasdiqlanadi.

Har bir tashkilot rahbarlariga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI joriy etiladi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganliklari uchun amaldagi tarifga o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda qayta hisob-kitob qilish, iste’molchilar tomonidan majburiy energiya auditi o‘tkazish natijasida belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarilmasligi, ushbu chora-tadbirlar bajarilishidan iqtisod qilinishi kutilgan yoqilg‘i-energetika resurslari qiymati miqdorida jarima  qo‘llash tartibini joriy qilish masalasi o‘rganilmoqda.

Yana bir taklif – tashkilotlar, hududlar va ko‘chmas mulk obyektlari kesimida energiya iste’moli reytingini joriy etish. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya sig‘imi eng yuqori va eng past bo‘lganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

Taqdimotda energiyani tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va uni amalga oshirish choralari atroflicha muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda chuqur va puxta ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarni xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. 

Prezident mutasaddilarga tayyorgarlik ishlarini hozirdan boshlash va barcha zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, jumladan, elektr va issiqlik stansiyalari uzluksiz va barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i resurslari, butlovchi va ehtiyot qismlarning zaxiralarini shakllantirish, energetika infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish yuzasidan qator ko‘rsatmalar berdi.


Posted on Leave a comment

Banklarning investitsiyalar va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda investitsiya jarayonlari faol, iqtisodiy loyihalar talay. Shunga mos ravishda banklarning bundagi ishtiroki oshib, investitsion faoliyati kengayib bormoqda.

Taqdimotda “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining shu boradagi joriy yilgi rejalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Asakabank” bu yil loyihalarga 2,1 milliard dollar jalb qilib, ularni to‘liq o‘zlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan. Bundan tashqari, farmatsevtika va avtomobil sanoatida jami 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilgan.

Shuningdek, “Asakabank” ishtirokida 285 ming aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Biznesni rivojlantirish bankining taqdimotiga ko‘ra, 2024-yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va investitsiya loyihalariga jami 1,5 milliard dollar jalb qilinadi. Shundan 225 million dollari xalqaro moliya institutlaridan olib kelinadi. Ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish orqali yil yakunigacha jami 47 mingdan ortiq mikroloyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, aholining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish orqali 380 mingta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bankning o‘qitish dasturlari bilan 70 mingdan ortiq aholini qamrab olish belgilangan.

Davlatimizning faol tashqi siyosati natijasida hamkor mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar bilan ko‘plab kelishuvlarga erishilgan. Jumladan, “Asakabank” ishtirokida 772 million dollarlik 87 ta, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 485 million dollarlik 45 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Taqdimotda ushbu muhim loyihalarning borishi haqida ham axborot berildi.

Davlatimiz rahbari banklar barcha mijozlari bilan manzilli ishlab, loyihaning har bir bosqichida ko‘maklashishi zarurligini, buning natijasi yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mahallalarda kambag‘allikning qisqarishida o‘z ifodasini topishi kerakligini ta’kidladi.

Banklar o‘z ishini yangicha tashkil qilib, faqat kredit ajratadigan markaz emas, balki o‘zi istiqbolli loyihalarni amalga oshiradigan va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlarga taqdim etadigan zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasiga aylanishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Taqdimotda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini raqamlashtirish va ularning shaffofligini yanada oshirish, zamonaviy dasturiy yechimlar va innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Posted on Leave a comment

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini samimiy kuzatib qo‘ydi


No Images.
Please upload images in images manager section. Click on Manage Images button on the right side of the gallery settings.


Samarali O‘zbekiston-Rossiya sammiti yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

26-may kuni davlat rahbarlari birgalikda «Yangi O‘zbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi, Rossiya rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

27-may kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular davomida Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar, delegatsiyalar a’zolarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlarini tingladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.

Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Vladimir Putin G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdi.

O‘sha kuni Prezidentlar raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda hududlararo muloqotni yanada mustahkamlash va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Toshkent xalqaro aeroportida Prezident Vladimir Putinni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdilar.